Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻlib turibdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Bugun, 24 may kuni Koʻksaroy qarorgohida Singapur rahbarini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi.
Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.
Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushishdan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.