Sirdaryo viloyatini har tomonlama rivojlantirish boʻyicha vazifalar belgilab berildi

0
210
marta koʻrilgan.

Guliston shahrida Sirdaryo viloyati va tumanlar hokimlari, faollar, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining sanoat va xizmat koʻrsatish salohiyatidan toʻliq foydalanilmayotgani, qishloq tumanlarda sanoat deyarli yoʻq ekanini qayd etdi. Shu bois maxsus ishchi guruh yuborilib, 342 ta oʻrta va yirik investitsiya loyihalari dasturi ishlab chiqilganini taʼkidladi.

Xususan, Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi va Farhod gidroelektr stansiyasini modernizatsiya qilish, Sardoba suv omborida kichik gidroelektr stansiyasi qurish boʻyicha jami 275 million dollarlik uchta loyihani amalga oshirish boshlanadi.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonning Xitoy, Italiya va Qozogʻistondagi elchilari tomonidan oʻttizga yaqin loyiha boʻyicha aniq takliflar shakllantirilgan. Prezidentimiz viloyatga qoʻshimcha investitsiyalar olib kelish, tadbirkorlik tashabbuslarini yuzaga chiqarishga koʻmaklashish, qishloq xoʻjaligi yerlari va tomorqalardan samarali foydalanish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Yigʻilishda maʼnaviyat, madaniyat, taʼlim-tarbiya masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. 

Davlatimiz rahbari keyingi yillarda anʼanaga aylangan xayrli ishlarni davom ettirgan holda, Guliston shahrida Oʻzbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabini tashkil qilishni taklif etdi. Yigʻilganlar bu tashabbusni qizgʻin qoʻllab-quvvatladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.