Dushanbe shahrida MDH sammiti boshlandi

0
114
marta koʻrilgan.

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi Koxi somon saroyida 28 sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi.

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara oʻtkazdi. 

Unda nutq soʻzlagan Prezidentimiz jahonda jadal oʻzgarishlar roʻy berayotgan, xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi zarurligini, koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydon boʻlib xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Oʻtgan yil Oʻzbekistonning MDHdagi faoliyatida yangi bosqich boʻldi. Mamlakatimiz Hamdoʻstlikning iqtisodiyot, energetika, fan va innovatsiyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi sohalarni qamrab olgan 10 dan ortiq tarmoq organlariga qoʻshildi. Joriy yil boshidan Oʻzbekistonning MDH davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi jadal oʻsmoqda.

Mamlakatimiz tashabbuslari MDH mintaqasida savdo, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 

Sammitda Prezident Shavkat Mirziyoyev koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb va istiqbolli yoʻnalishlariga toʻxtalib oʻtdi.

Oʻzbekiston 2020 yilda MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisini oʻtkazishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.