Oʻzbekiston Prezidentining taklifiga muvofiq ShHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qoʻshma murojaati qabul qilindi

0
125
views

ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisidan soʻng hujjatlarni imzolash marosimi boʻldi.

Sammit natijalari boʻyicha Sindao deklaratsiyasi qabul qilindi. Yana bir qator hujjatlar imzolandi.

Oʻzbekiston Prezidentining taklifiga muvofiq ShHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qoʻshma murojaati qabul qilingani sammitning yana bir ahamiyatli voqeasi boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov ShHT Bosh kotibligiga tasdiqlandi.

Tojikiston vakili Jumaxon Gʻiyosov ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi direktori etib tayinlandi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik Qirgʻiziston Respublikasiga oʻtdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here