Shavkat Mirziyoyev Pokiston Prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazdi

0
127
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Sindao shahrida Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Mamnun Husaynni Pokistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo boʻlgani bilan tabriklab, bu mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishda muhim omil boʻlishini taʼkidladi.

Uchrashuvda savdo, iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi nihoyasiga yetdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here