Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan Sochida uchrashadi

0
206
marta koʻrilgan.

kun.uz xabaridan. 11 oktyabr kuni boshlanishi rejalashtirilgan MDH sammitidan avval Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning alohida tor doirada uchrashuvi boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga maʼlum qilgan.

Ushakovning aytishicha, ikki mamlakat rahbarlarining oʻzaro uchrashuvida siyosiy, savdo-iqtisodiy munosabatlarga toʻxtalib oʻtilishi belgilangan. Shuningdek, prezidentlar harbiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohadagi kelishuvlarni muhokama etishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Hamdoʻstlik doirasidagi hamkorlik istiqbollari va Davlat rahbarlari kengashining boʻlajak majlisiga tayyorgarlik koʻrish jarayonini muhokama qilish uchun Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 10 oktyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan yigʻilishda qatnashadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.