Sodiq Safoyev Afgʻonistondagi mojarolarning asl sabablarini maʼlum qildi

0
154
marta koʻrilgan.

Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi matbuot markazida navbatdagi sessiya yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda, deya xabar beriladi uza.uz saytida

Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning qayd etishicha, turli mintaqalardan Afgʻonistonga qurol-yarogʻ yetkazib berish boʻyicha barcha taʼminot bajarilmoqda. Biroq qoʻshni afgʻon diyorida diplomatiya va siyosiy saʼy-harakatlar borasida taqchilliklar bor. Bugun Afgʻonistonda yuz berayotgan notinchliklarning asosiy sababi ham shunda. 

U Afgʻonistonda tinchlikka erishishning ahamiyati haqida toʻxtalib, “Ushbu mamlakatda tinchlik oʻrnatish mintaqada nafaqat barqaror rivojlanishning muhim omili, balki Osiyoni Yevropa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorligini faollashtirish, tranzit-transport imkoniyatlarining integratsiyalashuvini taʼminlash imkoniyati hamdir”, deb taʼkidladi.  
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.