Fransiyada boʻlib qaytgan Oʻzbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida avval xabar bergan edik. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, uning yana 3 nafar qarindoshida ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan.
Shuningdek, shu yilning 15 mart kuni Istanbul – Toshkent yoʻnalishidagi 274-reys bilan kelgan bir nafar va joriy yil 14 mart kuni London – Toshkent yoʻnalishidagi 201-reys bilan kelgan yana bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Har besh nafar fuqaro ham shu vaqtgacha tibbiy nazoratda boʻlgan. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 23 nafarga yetdi.
Eslatib oʻtamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.