Soha rahbarlarining vazifasi Prezidentga katta-katta raqamlar bilan hisobot berish emas

0
117
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida oʻtgan videoselektor yigʻilishida  oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash va zaxirasini yaratish masalalari boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi, deya xabar beradi Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov.

«Agrar sohada belgilab olgan katta islohotlarimizni jadal amalga oshirish birinchi navbatda ushbu soha rahbarlari Gʻaniyev, Xaitov, yangi vazir Voitov va oʻrinbosarlari fidoyiligiga bogʻliq.

Bandlikni koʻpaytirish, kambagʻallikni qisqartirish ham birinchi galda qishloq xoʻjaligidagi oʻsishga bogʻliqligini ular tushunishi kerak», dedi Prezident.

Lekin, Bosh vazir oʻrinbosari Sh.Gʻaniyev, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.Xaitov hali eskicha ishlayotgani, balandparvoz raqamlarga berilib ketgani tanqid qilindi.

Soha rahbarlarining vazifasi Prezidentga katta-katta raqamlar bilan hisobot berish emas, qishloqdagi dehqon, fermer masalasini hal qilish, ogʻirini yengil qilish ekani koʻrsatib oʻtildi.

Lekin, muhim ishlar chetda qolib, qoʻshib yozishlar, nomaʼqul ishlar koʻpayib borayotgani qatʼiy tanqid ostiga olindi.

Yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Sh.Teshayev lavozimidan ozod etilgani, vazir oʻrinbosari Sh.Mirzayevga hayfsan berilgani aytib oʻtildi.

«Bundan buyon Gʻaniyevdan ham, Xaitovdan ham, yangi vazir Voitovdan ham juda qattiq soʻrov boʻladi», dedi Prezident soʻzining yakunida.

Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisoboti eshitildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.