Sport kurashlari. Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Qozogʻistondan medallar shodasi bilan qaytdi

0
468
marta koʻrilgan.

2018 yilgi taqvim rejaga asosan, qolaversa, Janubiy-Qozogʻiston okrugi yunon-rum kurashi, erkin va ayollar kurashi federatsiyasining taklifiga koʻra, yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Chimkent shahrida oʻtkazilgan V.Ya.Urgenin xotirasiga bagʻishlangan Respublika ochiq chempionatida ishtirok etdi. 

Musobaqada Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston hamda Oʻzbekiston mamlakatlari sportchilari qatnashdilar. 
 
Turnirda qatnashgan yosh sportchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.
 
Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi 9-13 may kunlari Toshkentda oʻtkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Ushbu qitʼa birinchiligi oktyabr oyida Argentinada oʻtkaziladigan oʻsmirlar olimpiadasiga yoʻllanma beradi.
 
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.