Sport mehnatga hamdam va insonga xush kayfiyat bagʻishlaydi

0
103
marta koʻrilgan.

AOKA tasarrufidagi Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kollejining zalida Agentlik xodimlari ishtirokida sport musobaqalari oʻtkazildi.

Sport kishilarni faollikka undaydi, salomatlikni mustahkamlashga koʻmaklashadi va xush kayfiyat bagʻishlaydi.

Ana shu maqsadda tashkil qilingan tadbirda yuz nafarga yaqin sport ishtiyoqmandlari guruhlarga boʻlingan holda stol tennisi va shashka boʻyicha bahs olib bordi. Sogʻlom turmush tarziga daʼvat etish maqsadida tashkil etilgan mazkur bellashuvlar qiziqarli va tassurotlarga boy tarzda oʻtdi.

Gʻoliblarga va ijobiy natijaga erishgan yigirma besh nafar ishtirokchiga AOKA diplomi hamda esdalik sovgʻalari topshirildi. Bu kabi musobaqalar anʼanaviy tarzda oʻtkazilishi belgilab olindi.

R. Sapoyeva

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.