6 sentyabr – Butunjahon kurash kuni!

0
383
marta koʻrilgan.

Bugun oʻzbek milliy kurashi butun dunyo boʻylab oʻz bayramini nishonlamoqda. Bir necha yildan buyon ushbu sana norasmiy bayram sifatida nishonlab kelingan boʻlsa, 2017 yilga kelib “6 sentyabr – kurash milliy sport turi kuni” sifatida rasman tan olindi va bu borada Prezidentimizning tegishli farmoni imzolandi.

Milliy sportimiz boʻlgan kurash jahon uzra oʻz geografiyasini kengaytirib bormoqda. Bugungi kunda dunyoning 130 dan ortiq mamlakatida Milliy federatsiyalar tashkil qilingan. Oʻz navbatida, milliy sportimiz ham tobora yirik kompleks musobaqalar dasturidan muqim oʻrin olmoqda. Jumladan, 2017 yil Turkmanistonda oʻtgan Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari, 2018 yil Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlarida mazkur sport turi boʻyicha bahslar oʻtkazildi. Bu yoʻlda barchamizning ezgu maqsadimiz, shubhasiz, oʻzbek milliy kurashini Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritishdir.

Bugungi epidemiologik davrda mazkur sanani oʻziga xos tarzda nishonlash koʻzda tutilgan. Bu borada bugun Xalqaro kurash federatsiyasi rahbari Haydar Farmon boshchiligida ZOOM platformasi orqali maxsus bayram konferensiyasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

Kurash xalqimizning qadimiy qadriyati, milliy faxri! Bayramlarda, navroʻz tantanalarida, toʻylarda  kurash tashkil etish azal azaldan goʻzal anʼana boʻlib kelgan. Milliy kurashimiz jahonga yuz tutayotgani barchamizni quvontiradi. Oʻzbek milliy kurashi jahon sport maydonlarida  qanot qoqib yuksalaverishida tilakdoshmiz va gujum. uz sayti tahririyati barcha kurash ishqibozlarini bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etib qoladi.

J. SAʼDULLAYEV tayyorladi 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.