Davlatimiz rahbari suv sporti majmuasini borib koʻrdi

0
191
marta koʻrilgan.

Shavkat Mirziyoyev Guliston shahridagi suv sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar maktabida qurilgan yopiq suzish havzasini borib koʻrdi.

Bu maskan suzish va suvga sakrash mashqlari uchun moʻljallangan. Havzada tashkil etilgan 15 oʻquv mashgʻulot guruhiga 170 dan ortiq oʻgʻil-qiz jalb qilingan.

Prezident sport majmualari bolalar uchun qulay va xavfsiz boʻlishi zarurligini taʼkidladi. Shu jihatdan majmuadagi shart-sharoitlarni yaxshilash, ventilyasiya, suv tozalash va isitish tizimlarini qayta koʻrib chiqish, bunday loyihalarni jahon tajribasi asosida takomillashtirish boʻyicha tavsilar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.