Xabaringiz bor, bugun britaniyalik professional bokschi, WBA, WBO, IBF va IBO yoʻnalishlari chempioni Entoni Joshua hamda rossiyalik professional bokschi Aleksandir “Sasha” Povetkin oʻrtasida superogʻir vazn toifasidagi jang boʻlib oʻtdi.
Afsonaviy “Uembli” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda britaniyalik bokschi gʻalaba qozondi.
Povetkin Joshuaning 7 raunddagi zarbalar seriyasidan soʻng, nokautga uchradi va jangni boy berdi.
Eslatib oʻtamiz, bu Joshuaning 22 jangi va 22 gʻalabasi edi. Entoni raqiblarining 21 bahsda nokaut holatida magʻlub etgan.
“Sasha” esa, mana shu jangni qoʻshib hisoblaganda jami 36 marta jang qilib, ularning 34 tasida gʻalaba qozongan hamda ikkitasida magʻlub boʻlgan.