Qozogʻistonda badiiy gimnastika boʻyicha «Navruz Cup» xalqaro turniri boʻlib oʻtdi.
Musobaqada turli mamlakatlardan tashrif buyurgan 170 nafarga yaqin yosh gimnastikachilar ishtirok etishdi. Ular orasida oʻzbekistonlik iqtidor sohibalari ham bor. Hamyurtlarimiz ichida Vazira Yuldasheva, Yasmina Xen, Mishel Nesterova, Evelina Atalyans hamda Madina Rustamovalar oʻz yoʻnalishlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.
Lola Joʻrayeva va Laziza Mirzakarimovalar kumush medal, Asal Otaboyeva va Aleksiya Kiselyovalar bronza medallariga sazovor boʻldilar.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin kattalar oʻrtasidagi Jahon kubogi bahslarida gimnastikachimiz Sabina Tashkenbayeva 57 nafar ishtirokchi orasida beshinchi oʻrinni egallagandi.