Jahon kubogi bosqichida gʻolib boʻlgan oʻzbek chavandozi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi

0
97
marta koʻrilgan.

Ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Qirgʻizistonda oʻtkazilgan Jahon kubogi Markaziy Osiyo ligasining Gran-Pri II bosqich bellashuvlarida hamyurtimiz Oqil Sobirjonov oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Gʻolib sportchimizni kutib olish uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qoʻmitasi mutasaddilari, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi xodimlari, sportchining yaqinlari va OAV xodimlari jam boʻlishdi.

Oqil Sobirjonov Jahon kubogining final bosqichida ishtirok etishi uchun Markaziy Osiyo ligasi Gran-Prining uch bosqichi yakunlariga koʻra eng koʻp ochko jamgʻarishi lozim.

«Qirgʻizistondagi musobaqa keyingi yil boʻlib oʻtadigan Jahon kubogiga yoʻllanmaga erishishda ahamiyatli edi. Ushbu musobaqada Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi mamlakatlardan ham sportchilar ishtirok etishdi. Xudo xohlasa Olma-Ota shahridagi musobaqada ham gʻalaba qozonib, final bosqichida ishtirok etaman.

Qirgʻizistondagi musobaqada raqobat kuchli boʻldi. U yerda ishtirokchi mamlakatlarning eng yaxshi chavandozlari borishdi. Ushbu musobaqada gʻalaba qozona olganimdan xursandman», – dedi Oqil Sobirjonov.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.