Mamlakatimizda 6 sentyabr Kurash kuni etib belgilandi

0
435
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni mamlakat Prezidentining rasmiy saytida keltirilgan.

Qarorda kurash milliy sport turini aholi, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida yanada rivojlantirish hamda ommalashtirish, oʻsib kelayotgan avlodda milliy iftixor va vatanparvarlik tuygʻusini mustahkamlash, shuningdek, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va jahon sport maydonida yuqori natijalarga erishishni taʼminlash maqsadida 6 sentyabr – Kurash milliy sporti kuni sifatida belgilangan.

Ushbu hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda kurashni yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishi va tasdiqlashi belgilandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.