Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan jurnalistlar velomarafonda bellashdilar

0
251
marta koʻrilgan.

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkentda jurnalistlar uchun  velomarafon oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Velosport federatsiyasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan bu galgi velomarafon oʻziga xos boʻldi. Noanʼanaviy tarzda oʻtkazilgan musobaqaga mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan OAV jurnalistlari bevosita musobaqa ishtirokchisi sifatida taklif etildilar.
 
Jurnalistlarning kasb bayramlari arafasida tashkil etilgan ushbu velomarafonda 20 dan ziyod ommaviy axborot vositalarining 40 nafarga yaqin vakillari oʻz mahoratlarini koʻrsatdilar.
 
Mazkur musobaqa ikki bosqichda boʻlib oʻtdi. Dastlab xotin-qizlar 4 km. masofada bellashdilar. Ikkinchi bosqichda erkaklar  6 km. masofani bosib oʻtib, oʻzaro kuch sinashdilar. 
 
Velomarafonda ayollar oʻrtasida 1- va 2-oʻrinni “Sport” teleradio kanali xodimlari Lobar Saidova va Charos Gʻayratova egallashgan boʻlsa, shohsupaning 3-pogʻonasi “Uzreport TV” telekanali xodimi Aziza Rozmurodovaga nasib qildi. 
 
Erkaklar bahsida esa 1-oʻrinni qalampir.uz sayti xodimi Okan Karayas qoʻlga kiritgan boʻlsa, 2- va 3-oʻrinlarni Shahboz Sharopov hamda Azamat Karimov egalladi.
 
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.
 
R. SAPOYEVA
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.