«Oltin mergan». Sportchilarimiz juftlik bahslarida sovrindor boʻlishdi

0
120
marta koʻrilgan.
Qozogʻistonning Chimkent shahrida oʻq otish boʻyicha “Oltin mergan” xalqaro turniri yakuniga yetdi. 
 
Musobaqaning soʻnggi kunida mikst yoʻnalishida bellashuvlar tashkil qilindi. Unda sportchilarimiz Sakina Mamedova hamda Vadim Skorovarovlar 430,5 ochko jamgʻarib, bronza medallarini qoʻlga kiritdilar. Dastlabki ikki oʻrin esa mezbon sportchilarga nasib qildi. 
 
Eslatib oʻtamiz, bungacha turnir davomida yakkalik bahslarida Sakina Mamedova oltin, Roman Goloshapovlar kumush medallari sohibiga aylangan edilar. 
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.