Oʻq otish. Sportchilarimiz Qozogʻistondagi xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqdalar

0
70
marta koʻrilgan.
Qozogʻistonda pnevmatik quroldan oʻq otish boʻyicha “Oltin mergan” nomli xalqaro musobaqa davom etmoqda.
 
Bahslarda mamlakatimizning yetakchi sportchilari barcha mashqlarda gʻoliblik uchun asosiy daʼvogarlar hisoblanishadi.
Kecha merganlar qichik kalibrli miltiqdan oʻq uzish boʻyicha mahoratlarini ishga solishdi. Qizgʻin kurashlarga boy boʻlgan MV9 mashqlarida (bunda sportchilar 50 metr masofada yotgan holda nishonga oʻq uzishadi) ham gʻoliblik uchun kurash kutilganidek  Oʻzbekiston va Qozogʻiston sportchilari oʻrtasida kechdi. 
 
Erkaklar oʻrtasida gʻoliblik uchun boʻlgan bahslarda qozogʻistonlik Ilya Fedin 624,4 ochko bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz Roman Goloshapov 623,5 ochko bilan kumush medalga sazovor boʻldi. 
 
Ayollar oʻrtasidagi musobaqalarda esa hamyurtimiz Sakina Mamedova eng yaxshi natijani qoʻlga kiritdi. U 620,8 ochko toʻplab barcha raqobatchilarini ortda qoldirishga muvaffaq boʻldi.
 
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.