Oʻzbekistonlik tennischilar Butunjahon talabalar universiadasida finalga chiqdi

0
154
marta koʻrilgan.

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Universiada-2019 oʻyinlari davom etmoqda. Musobaqaning juftlik va yakkalik bahslarida ketma-ket zafar quchib kelayotgan tennischi yigitlarimiz Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev bugun yana bir muhim gʻalabani qoʻlga kiritishdi, deya xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.

Erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarining yarim final oʻyinida xitoylik Xao Vu va Shuai Xuga qarshi kortga chiqqan vakillarimiz 7/6 (2), 6/2 hisobida zafar quchib, universiadaning finaliga yoʻl olishdi.

Musobaqaning juftlik bahslarini ikkinchi davradan boshlagan Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev dastlabki oʻyinda tailandlik tennischilarni, toʻrtinchi davrda Janubiy Afrika hamda chorak finalda Xitoy Taypeyi vakillarini magʻlubiyatga uchratishgan edi.

Final oʻyinida vakillarimiz koreyalik Seochan Hong va Sanhui Shin juftligiga qarshi kortga tushadilar.

Hal qiluvchi bahsda ham yigitlarimizdan gʻalaba kutib qolamiz.
 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.