Samarqandlik maktab oʻquvchisi shaxmat boʻyicha Osiyo chempioni boʻldi

0
216
marta koʻrilgan.

Toshkent shahrida shaxmat boʻyicha 15-Osiyo chempionati oʻtkazildi. Mazkur musobaqada 18 ta davlat vakillari ishtirok etdi. Musobaqada Nurobod tumanidagi 75-maktabning 8-sinf oʻquvchisi Sevinch Alimova 15 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida blits yoʻnalishida faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, Osiyo chempioni nomiga sazovor boʻldi. Bu haqda uzedu.uz xabar beradi.

Uch karra Oʻzbekiston chempioni, ikki marta kumush medal sohibi Sevinch Alimova 2018 yilning oktyabr oyida Gretsiyada oʻtkazilgan jahon chempionatida ham faol qatnashgan.

— 5 yoshimdan boshlab shaxmat bilan shugʻullanaman, -deydi Sevinch Alimova. — Ilk ustozim — dadam Yunus Ismoilov menga shaxmat sirlarini oʻrgatganlar. 7 yoshimdan boshlab shaxmat boʻyicha chempionatlarda qatnashib kelmoqdaman. 8 yoshimda Respublikada 2-oʻrin, 10 yoshimda 2-oʻrin, 14 yoshimda 1-oʻrinni egalladim. Bu yil men uchun eng muvaffaqiyatli yil boʻldi. Chunki ilk bor Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor boʻldim.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.