Triatlonchimiz Qozogʻistondagi musobaqada gʻalaba qozondi

0
154
views

11-12 may kunlari Qozogʻistonning Taraz shahrida triatlon boʻyicha “TEMIRADAM” kubogining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda Markaziy Osiyo mintaqasining koʻzga koʻringan triatlon ustalari oʻz omadini sinab koʻrdi.

Quvonarlisi, erkaklar oʻrtasida tashkil etilgan musobaqa hamyurtimiz Andrey Sharipovning gʻalabasi bilan yakunlandi. 30-34 yosh toifasida qatnashgan yurtdoshimiz barcha toifalar hisobi boʻyicha ham eng yaxshi natijani qayd etib, bosqichning absolyut gʻolibligini ham qoʻlga kiritdi. Batafsil:

Triatlon. “TEMIRADAM” kubogi, 2-bosqich. 
Erkaklar, barcha klassifikatsiyalar boʻyicha.

1. Andrey Sharipov (Oʻzbekiston) – 1:03:37
2. Maksim Mazur (Qozogʻiston) – 1:05:20
3. Maksim Mjelskiy (Qozogʻiston) – 1:09:28

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here