Universiada-2019. Oʻzbekistonning medallari soni toʻrttaga yetdi

0
156
marta koʻrilgan.

Italiyaning Neapol shahrida oʻtkazilayotgan yozgi Universiada oʻyinlarida delegatsiyamizga uchinchi medalni Diyora Keldiyorova taqdim etgani haqida xabar berilgan edi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berishicha,  mutlaq vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz Davlat Bobonov ham universiadaning bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Dastlabki bosqichlarda koreyalik Min Jong Kim va slovakiyalik Matey Xajasdan ustun kelgan Bobonov chorak finalda qozogʻistonlik Galimjan Krikbayga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Bronza medali uchun kechgan oʻtish bahslarida germaniyalik hamda polshalik polvonlardan ustun kelgan sportchimiz uchinchi oʻrin uchun ozarbayjonlik Rustam Kotsoyevga qarshi tatamiga chiqdi. Hal qiluvchi bahsni ishonch bilan boshlagan Davlat mashhur dzyudochini dastlabki daqiqadayoq ippon, yaʼni sof gʻalaba hisobiga magʻlub etib, delegatsiyamiz hisobiga toʻrtinchi medalni qoʻshib qoʻydi.

Eslatib oʻtamiz, delegatsiyamizning universiadadagi dastlabki ikki medalini ham dzyudo boʻyicha tajribali murabbiy Abdukarim Tangriyev shogirdlari Muhammadkarim Xurramov (+90 kg) va Hikmatillo Toʻrayev (-73 kg) qoʻlga kiritgan edi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.