Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan samarali muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Strategik sheriklik yoʻlida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot imzoladilar, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Shuningdek, quyidagi hujjatlar qabul qilindi:
— Mahsulotlarning «halol» standartlariga muvofiqligini baholash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
— Bojxona ishida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida bitim;
— Oliy taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
— Sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
— Madaniyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
— Sud-ekspertlik faoliyati sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
— Akademik-diplomatik hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
— «Aqlli» shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
— 2025-2026 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshma reja.