Suhrob Xoʻjayev Olimpiadalardagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

0
77
marta koʻrilgan.

Bugun erta tongdan Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari doirasida yengil atletikaning bosqon uloqtirish yoʻnalishi boʻyicha saralash bahslariga start berildi. Unda hamyurtimiz Suhrob Xoʻjayev oʻz omadini sinab koʻrdi.

«A» guruhida ishtirok etgan vakilimiz 71.26 metr natija qayd etdi. Bu uning uchun Olimpiadalarlagi eng yaxshi koʻrsatkichdir. Qayd etish joiz, Xoʻjayev avval London-2012 va Rio-2016 Olimpiadalarida ham qatnashib, 65.88 va 70.11 metr natija koʻrsatgan edi.

Shu tariqa ushbu guruhda Suhrob soʻnggi pogʻonada (15) qolmoqda. Bir ozdan soʻng «V» guruhi vakillarining chiqishi yakunlangach, atletimizning yakuniy oʻrni aniq boʻladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.