Xalqaro islom akademiyasi dunyoga mashhur “Sulaymoniya” kutubxonasi bilan hamkorlik qiladi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy telegramdagi kanalida.
“Sulaymoniya” kutubxonasi – Turkiyaning Istanbul shahrida 1557 yilda qurib bitkazilgan Sulaymoniya majmuasining tarkibiy qismidir.
Dunyodagi eng yirik kutubxonalardan biri sifatida eʼtirof etilgan bu dargohda VIII—XIX asrlarga oid 73 mingga yaqin hujjat va qoʻlyozmalar, 50 mingdan ortiq bosma kitoblar va boshqa maʼrifiy, maʼnaviy, madaniy manbalar saqlanadi.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasi “Sulaymoniya” kutubxonasi rahbariyati bilan oʻtkazilgan muzokaralari natijasida “Sulaymoniya” kutubxonasi bilan Movarounnahr ulamolari ijodiga mansub qoʻlyozmalarning katalogini yaratishda hamkorlik qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.