Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi zamon bilan hamnafas boʻlgan holda sunʼiy intellekt asosida Sobira Xoldorova nomli maxsus robot-muxbir yaratdi. Mazkur muxbir toʻqqiz tilda (oʻzbek, ingliz, rus, fransuz, arab, xitoy, nemis, ispan, qozoq) rasmiy axborotlar va tezkor yangiliklarni etkazib turadi. Sinov tarzida ishga tushirilgan sunʼiy intellekt videoreportajlar tayyorlash koʻlamini bosqichma—bosqich kengaytirib boradi.