Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida joriy yil 21-23 sentyabr kunlari II Xalqaro hunarmandchilik festivali boʻlib oʻtdi. Tadbirda 70 dan ziyod mamlakatdan 260 nafardan ortiq mohir hunarmandlar ishtirok etib, oʻz xalqining goʻzal anʼanalarini namoyon qilishdi..
Festivalning yakuniy marosimida gʻolib va sovrindorlarga pul mukofotlari hamda diplomlar topshirildi. Xalqaro festivalda surxondaryolik ayollar ham gʻoliblar safidan oʻrin olishdi.
Xususan, Surxondaryo viloyati vakillari – Maftuna Azizova (Angor tumani) 25 metrlik gilam uchun “Eng yaxshi hunarmand” yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrinni, Nilufar Gulboyeva (Qumqoʻrgʻon tumani) “Eng yosh hunarmand” nominatsiyasida, Iqlima Toshboyeva (Shoʻrchi tumani) “Eng yaxshi kashtachi” yoʻnalishida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.