Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng begʻubor va quvonchli bayram hisoblanadi.
Ushbu bayram munosabati bilan Oʻzbekiston Davlat tabiat muzeyida “Har bir bolaga mehr, eʼtibor!” shiori ostida 1-2 iyun kunlari “ochiq eshik”lar kuni deb eʼlon qilinmoqda.
Shuningdek, bayramga bagʻishlab, bu yerda “Oʻzbekiston minerallari” koʻrgazmasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu koʻrgazma madaniy maskanga tashrif buyurayotgan bolalarda katta taassurot qoldirmoqda.
Ayshaxon Oxunova, jamoatchi muxbir