Tadbirkorlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida 

0
175
marta koʻrilgan.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini keng joriy etish borasida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, respublikamizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirishga katta hissa qoʻshib kelayotgani, oʻzining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini yaqqol namoyon etib, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi farovonligini yuksaltirish yoʻlida alohida ibrat va namuna koʻrsatayotgani, shuningdek, jamiyatda oʻzaro koʻmak, saxovat va mehr-oqibatni kuchaytirishga qaratilgan ezgu ishlardagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

1. Abdullayev Baxodir Tojimirzayevich — Chust tumanidagi «Tai Chang Special Steel» masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Namangan viloyati

2. Muxitdinov Batir Abdulxamitovich — Yashnobod tumanidagi «Bakan Tex» masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri

3. Nuritdinov Paxritdin Djamalovich — Qibray tumanidagi «Agro-Light Business» gulchilik xoʻjaligi rahbari, Toshkent viloyati

4. Toʻychiyev Karimjon Zikriyoyevich — Sirdaryo tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Sirdaryo viloyati

5. Usmonov Botir Suvonovich — Jondor tumanidagi «Yakkatut klasteri» masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi, Buxoro viloyati

«Doʻstlik» ordeni bilan

1. Babayeva Xolisxon Nazirjonovna — Jizzax shahridagi «Al-Abbos silk» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

2. Boboqulova Nodira Norboyevna — Boysun tumanidagi «Kamari Aziz» uy mehmonxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati

3. Boʻldiyeva Shoira Radjabovna — Buxoro shahridagi «Ruxshana Teks» xususiy korxonasi direktori, Buxoro viloyati

4. Burxonov Rustambek Ravshanbek oʻgʻli — Xoʻjaobod tumanidagi «Fazo Group» masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Andijon viloyati

5. Djumaniyazov Muminbay Aminovich — Toʻrtkoʻl tumanidagi «Mustafa farm» masʼuliyati cheklangan jamiyatining shprits zavodi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

6. Patterson Uilyam Daniyel — Paxtakor tumanidagi «Silverleafe» qoʻshma korxonasi bosh direktori, Jizzax viloyati

7. Razakov Muzaffar Maxamatovich — Qoʻshtepa tumanidagi «Fergana Global Textile» masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Fargʻona viloyati

8. Raximov Muxtardjon Nigmatovich — Quyi Chirchiq tumanidagi «Quyonchilik va naslchilik agro kompleks» masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Toshkent viloyati

9. Soliyeva Zuxra Adxamovna — Toshloq tumani tadbirkorlikka koʻmaklashish markazi rahbari, Fargʻona viloyati

10. Xamrayev Baxtiyor Djabbarovich — Navoiy shahridagi «Gidro Stanko Servis» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Navoiy viloyati

11. Ergashev Nurbek Xaydarovich — Qarshi shahridagi «Sulton Tex Group» xususiy korxonasi direktori, Qashqadaryo viloyati

«Shuhrat» medali bilan

1. Azizov Nasim Nematovich — Yangi Namangan tumanidagi  «Merrymed farm» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori oʻrinbosari, Namangan viloyati

2. Arifdjanov Botir Zukurovich — «Astrum IT» akademiyasi taʼsischisi

3. Axmadjonov Shokirjon Nosirjon oʻgʻli — Rishton tumanidagi «Axmadjonov Shokirjon Nosirjon oʻgʻli» kulolchilik korxonasi rahbari, Fargʻona viloyati

4. Botirov Farxodjon Mashrabboyevich — Fargʻona viloyati «Agro Impex Walley» masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi

5. Djalilov Ulmas Vasiljanovich — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshligʻi

6. Ikramov Rustam Aliyevich — Jizzax shahridagi «Bonu shirinliklari» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati

7. Iskandarov Yoʻldosh Otayevich — Xiva tumanidagi «Yoʻldosh Majid» fermer xoʻjaligi boshligʻi, Xorazm viloyati

8. Karimov Ravshan Murodovich — Bulungʻur tumanidagi «Metin Group Impeks» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati

9. Qarolov Sanjar Ismoilovich — Qarshi tumanidagi «Qarshi agroklaster» masʼuliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Qashqadaryo viloyati

10. Niyozov Abdulqosim Alisherovich — Qumqoʻrgʻon tumanidagi «Niyozov Abdulqosim» xususiy korxonasi boshligʻi, Surxondaryo viloyati

11. Xakimov Yodgorjon Turgʻunboyevich — Shahrixon tumanidagi «And-Chin Invest» masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Andijon viloyati

12. Shakirov Alisher Rustamovich — Yuqori Chirchiq tumanidagi «Texenergoremmash» oilaviy korxonasi direktori, Toshkent viloyati

13. Sharipov Ismoil Zaripovich — Qiziltepa tumanidagi  «Golden meva-sabzavot klaster» masʼuliyati cheklangan jamiyati  bosh direktori, Navoiy viloyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                              Sh.Mirziyoyev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.