Tadbirkorlar markazi biznes va madaniyat maskaniga aylanadi

0
121
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida qurilayotgan Tadbirkorlar va hunarmandlar markazini borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Bu yerda tadbirkorlikka qiziqqan insonlarga huquqiy maslahatlar berib, biznesini boshlashiga koʻmaklashish, yoshlarga hunar oʻrgatish yoʻlga qoʻyiladi, mahsulotlar koʻrgazmalari oʻtkaziladi.
 
Markaz «Doʻstlik» kanali boʻyida joylashgani unga yanada fayz bergan. Hudud obodonlashtirilib, soʻlim xiyobon tashkil etilgan. Manzarali daraxtlar ekilgan. Piyodalar va velosiped yoʻlaklari, favvoralar barpo etilgan. Oʻrindiqlar yoniga kitob jovonlari ham qoʻyilgan.

Umuman aytganda, bu yer nafaqat biznes, balki madaniyat, turizm maskaniga ham aylanadi.

Davlatimiz rahbari shu yerda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.