Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondo boʻyicha xalqaro musobaqa yakuniga yetdi.
Murabbiy Sobir Nazaraliyev qoʻl ostida bahslarda ishtirok etgan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Sportchilarimiz turnirda 8ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza medallarini qoʻlga kiritdilar.
Kichik qizlar oʻrtasida (-21kg) oʻtgan bahslarda Eʼzoza Shorustamova ham gʻalaba qozondi.
Manzil: Olympic.uz