“Tafakkur sinovlari” koʻrik – tanlovining Yakkasaroy tuman bosqichi

0
244
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng koʻlamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan har tamonlama sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosati izchil amalga oshirilmoqda

Yangi Oʻzbekiston davridagi islohotlar, siyosiy –huquqiy oʻzgarishlar va erishilgan yutuqlar boʻyicha oʻquvchilarning bilim darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etish koʻnikmalarini shakllantirish hamda ularga oʻzligini namoyon etishga imkoniyatlar yaratish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan “Tafakkur sinovlari” koʻrik – tanlovi  tashkil etildi.

Ayni kunda tuman bosqichi bellashuvlari boʻlib oʻtmoqda.

Yakkasaroy tumanidagi maktablar oʻrtasida 20-avgust kuni oʻtkazilgan tuman bosqichida 135 — maktab oʻquvchilari gʻoliblikka erishdi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati tomonidan tayyorlagan ushbu video lavha iqtidorli oʻquvchilar bellashuvidan hikoya qiladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.