Taʼlim muassasalarida koronavirus tufayli karantin

0
190
marta koʻrilgan.

Oʻzbekistonda koronavirus zotiljami tufayli barcha maktabgacha taʼlim muassaalari, maktablar va oliy taʼlim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida 16 martdan eʼtiboran karantinga yopiladi.

 Bu haqda 15 mart kuni Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yigʻilishda maʼlum qilingan. Manbalarning taʼkidlashicha, taʼlim muassasalaridagi karantin uch haftagacha davom etishi mumkin.

Talabalar oʻzlarining doimiy turar joylariga qaytarilmoqda. TVning “Oʻzbekiston” kanali «Tahlilnoma» koʻrsatuvidagi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Soliq qoʻmitasi rahbarining maʼlumotlariga koʻra   toʻylar toʻxtatilmaydi.  Umumovqatlanish muassasalari,  magazinlar har doimgidek ishlaydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.