Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Parijda oʻtayotgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida dzyudo boʻyicha bellashuvlarning 52 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqibalarini yengib, olimpiya terma jamoamizga birinchi oltin medalni keltirgan Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston tarixida yozgi Olimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasida birinchi marta chempion boʻlgan sportchi qizimizni tarixiy gʻalaba bilan qizgʻin tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.
gujum.uz