“Tashkent city”da yangi binolar barpo etilmoqda

0
128
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizdagi oʻzgarishlar bosh shahrimizda, ayniqsa, yaqqol namoyon. Bugungi kunda Toshkent – ulkan bunyodkorlik, zamonaviy biznes, ilm-fan va madaniyat markaziga aylandi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

«Tashkent city»dagi muhtasham binolar shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshdi. Bu yerdagi Xalqaro kongress markazida koʻplab forum va anjumanlar boʻlib oʻtgan. Kelgusida yana qator nufuzli sammitlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, shinamlik darajasi yuqori mehmonxonalar, konsert va opera teatri barpo etilmoqda. 

Davlatimiz rahbari ulardagi qurilish jarayoni bilan tanishdi. Ushbu majmua yurtimizda sanʼat rivojini yangi darajaga koʻtarish, madaniy tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazishga xizmat qilishi qayd etildi.

Shuningdek, Prezident “Tashkent city” markazida qurilishi yakuniy bosqichda boʻlgan bir qator boshqa inshootlarni ham koʻzdan kechirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.