Ayni kunlarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Arabshunoslik oliy maktabi professor-oʻqituvchilari N.Saʼdullayeva hamda A.Rustamov Maskat shahridagi Sulton Qobus universiteti (Ummon Sultonligi)da malaka oshirmoqdalar.

Sulton Qobus universiteti Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining hamkor universitetlaridan biri boʻlib, QS hamda THE xalqaro reytinglarida Top-400 oliygohlar qatoridan oʻrin olgan.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitet matbuot kotibi xabar beradi.
Manbaa: tsuos.uz



