Temir yoʻl sohasidagi loyihalar koʻrib chiqildi

0
30
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 may kuni temir yoʻl sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Mamlakatimizning geografik joylashuvi, rivojlangan sanoati va iqtisodiyotida temir yoʻl transporti muhim ahamiyatga ega. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston temir yoʻllari katta rivojlanish yoʻlini bosib oʻtdi. Zamonaviy infratuzilmaga ega, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlariga mos yaxlit temir yoʻl tizimi barpo etildi.

Umuman, mustaqillik davrida 2 ming 400 kilometrdan koʻproq yangi temir yoʻllar qurilib, foydalanishga topshirildi, 3 ming kilometrdan ziyodi elektrlashtirildi. Yurtimiz temir yoʻl sohasi oʻzining ogʻir mashinasozlik va quyuv-metallurgiya sanoatiga ham ega boʻldi. Bugun bu tarmoq oʻlkamizning barcha hudud va mintaqalarini ishonchli va samarali bogʻlab kelmoqda.

Bular orqali Oʻzbekiston zamonaviy transport kommunikatsiyalari va yuksak tranzit salohiyatiga ega boʻlgan davlat sifatida Sharq va Gʻarb, Janub va Shimolni oʻzaro bogʻlaydigan xalqaro temir yoʻllarning muhim halqasiga aylandi. Davlatimizning faol investitsiya siyosati, biznes uchun jozibador sharoitlari uning savdo yoʻllari kesishadigan chorraha sifatidagi ahamiyatini yanada oshirdi.

Shu bois bu sohadagi qurilish va modernizatsiya ishlarini izchil davom ettirish muhim. Taqdimotda shu boradagi loyihalar muhokama qilindi.

Avvalo, transport-logistika salohiyatini yanada kengaytirish va undan samarali foydalanish masalalariga eʼtibor qaratildi. Tadbirkorlarga qulayliklarni va eksport imkoniyatlarini oshirish uchun transport yoʻlaklarini izchil diversifikatsiya qilish zarurligi taʼkidlandi.

“Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida transmintaqaviy aloqalarning muhim tarkibiy qismi boʻladigan “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻlini qurish boʻyicha amaliy ishlar koʻrib chiqildi. Ekspertlarning fikricha, bu transport yoʻlagi nafaqat uchta davlat, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi taraqqiyotiga kuchli surʼat bagʻishlaydi.

Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bogʻlaydigan yangi transport yoʻlaklarini yaratishga doir jarayonlar boʻyicha axborot berildi.

Davlatimiz rahbari shu bilan birga aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirib, aeroportlarni xalqaro tranzit xabiga aylantirish, zamonaviy avtomobil yoʻllari qurish va taʼmirlash boʻyicha topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.