Test sinovlari 5 avgustdan boshlanadi va ikki smenada boʻlib oʻtadi

0
91
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi  taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021 yil 26 iyuldagi 2-son bayoni bilan 2021/2022 oʻquv yili qabuli belgilandi.

Pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021/2022 oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari 5 avgustdan  boshlanadi.

Qoida tariqasida, test sinovlari kuniga ikki smenada oʻtkaziladi. Birinchi smena 07:00 dan, 2-smena 19:00 dan boshlanishi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda oʻtkazilishi belgilandi.

Davlat komissiyasining bayoni bilan pandemiya sharoitida abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratiladigan boʻldi.

Bunda:  birinchi boʻlimdagi majburiy uchta fan – ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va Oʻzbekiston tarixi fanlarining har biriga 10 tadan jami 30 ta test topshiriqlari va umumiy 60 daqiqa beriladi; ikkinchi boʻlimdagi abituriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fanning har biriga 20 tadan jami 40 ta test topshiriklari va umumiy 120 daqiqa belgilanadi; majburiy uchta fanga jami 63 ball, abityriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fanga jami 126 ball, umumiy – 189 ball belgilanadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.