Tibbiyot muassasalari oʻrtasida sogʻlom raqobat kuchayadi

0
106
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 7-oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Mazkur muassasa soʻnggi bor 1991 yilda kapital, 2018 yilda esa joriy taʼmirlangan. Uning quvvati 250 qatnovga moʻljallangan boʻlib, hududdagi 8 ta mahallada yashovchi 41 ming nafar aholiga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Yordamchi boʻlimlardan fizioterapiya, funksional diagnostika, endoskopiya, markaziy klinik laboratoriya, rentgen, ultratovush diagnostikasi hamda kunduzgi shifoxona faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Hozirgacha hududdagi aholining 93 foizi toʻliq xatlovdan oʻtkazilib, 5 ming 518 nafar fuqaro uchun sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari belgilandi.

Davlatimiz rahbari poliklinikani zamonaviy tarzda kapital taʼmirlash, aholiga har tomonlama qulaylik yaratish boʻyicha topshiriqlar berdi. Mavjud diagnostika uskunalari maʼnan eskirganligi sababli yangilariga almashtirish lozimligi taʼkidlandi.

— Ambulator va statsionar tibbiy xizmatni oʻzida jamlagan yangi tajribani amaliyotga joriy qilish kerak. Oilaviy poliklinikalarga biriktirilgan aholiga sifatli va arzon xizmat koʻrsatish tizimiga oʻtish orqali hududdagi shifoxonalar bilan sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish lozim, — dedi Prezident.

Shu yerda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi tibbiyot muassasalari faoliyati haqida maʼlumot berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.