Tibbiyot muassasalarini jihozlash masalalari koʻrib chiqildi

0
35
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari tibbiyot muassasalarini jihozlash va xizmatlar sifatini oshirishga doir takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Aholi salomatligini mustahkamlash va davolash sifatini oshirish maqsadida shifoxonalar zamonaviy uskunalar bilan taʼminlanmoqda. Buning uchun byudjetdan har yili kamida 100 milliard soʻm ajratilayapti. Shuningdek, oʻtgan yilning oʻzida tibbiyotni yuqori texnologik uskunalar bilan taʼminlash uchun 200 million dollar xorijiy investitsiya, 94 million dollar grant jalb qilindi.

Natijada oldin faqat respublika muassasalarida boʻlgan kompyuter tomografi, magnit rezonansli tomograf, angiograflar hozir viloyatlarda, oʻnlab tumanlarda ham bor. Bu ixtisoslashgan xizmat aholiga yanada yaqinlashdi, degani.

Joriy yil ushbu maqsadlarga davlat hisobidan 200 milliard soʻm ajratilgan. Shuningdek, tibbiyotga 370 million dollar xorijiy investitsiya kiritilishi moʻljallangan.

Taqdimotda tibbiyot muassasalarini jihozlash boʻyicha rejalar bayon etildi.

Xususan, Osiyo taraqqiyot bankining 100 million dollar mablagʻi evaziga respublikadagi 230 ta tugʻruq muassasasi uchun 45 turdagi 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi.

Germaniyaning KfW bankining 30 million yevro mablagʻi hisobiga Qoraqalpogʻiston va Xorazmdagi 19 tadan tibbiyot muassasasi yurak-qon tomir kasalliklarini davolovchi 862 ta uskuna bilan jihozlanadi. Yana shu bankning 13,5 million yevro granti orqali Termiz shahrida oʻquv markazi, talabalar turar joyi quriladi. Bu markaz zamonaviy oʻquv-simulyasiya va axborot texnologiyalari bilan jihozlanadi.

Davlatimiz rahbari jihozlash bu masalaning faqat bir qismi ekani, ularda ishlay oladigan malakali mutaxassislarni hozirdan tayyorlash kerakligini taʼkidladi. Tegishli muassasalardagi shifokor va hamshiralarni qoʻshimcha oʻqitish vazifasi qoʻyildi.

Uskunalardan samarali foydalanish ham muhim. Masalan, viloyatlarda angiograflar yuklamasi oʻrtacha 34 foiz. Tomograf boʻyicha holat ham har xil.

Shu bois, hokimliklar bilan birga, davlat shifoxonalaridagi yuqori texnologik uskunalardan samarali foydalanish boʻyicha autsorsing va xususiy sheriklik loyihalari yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.