Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan «najotkorlar»ga bagʻishlangan tantanali badiiy kechada boʻlib oʻtdi.
Unda Munojat Yoʻlchiyeva, Yodgor Saʼdiyev, Yulduz Usmonova, Zulayho Boyxonova, Gʻulomjon Yoqubov, Gʻiyos Boytoyev kabi el suygan sanʼatkorlar va estrada yulduzlari tomonidan yurt tinchligi, nafosat, goʻzallik va mehr-muhabbat tarannum etilgan qoʻshiqlar yangradi.
Kasb bayramiga bagʻishlangan ushbu badiiy kechada Madaniyat vaziri, Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov shifokorlarga bagʻishlangan yangi qoʻshigʻini ijro etib, soha xodimlarini munosib olqishladi.
Tadbirda ishtirok etgan Sogʻliqni saqlash vaziri Behzod Musayev Ozodbek Nazarbekovga shunday goʻzal tarona uchun tibbiyot xodimlari nomidan minnatdorlik bildirdi.
Tadbir yakunida barcha sanʼatkorlar birgalikda «Yangi Oʻzbekiston — bu» taronasini ijro etishdi.
GUJUM.UZ