Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

0
62
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, sohani tubdan isloh etishga qaratilgan dasturlar ijrosini muvaffaqiyatli taʼminlash, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng tatbiq etish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini mustahkamlashga qoʻshgan munosib hissasi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yoʻlidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:

«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan

Azizov Sabit Kurbanovich — Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 1-gemodializ boʻlimi mudiri

Nuraliyeva Gulnoza Sagdullayevna — Respublika maxsus 1-Zangiota shifoxonasi bosh pediatri

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Maxmudova Sanobar Yusupovna — Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasining tugʻruq boʻlimi akusher-ginekologi, Samarqand viloyati

Shek Aleksandr Borisovich — Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak ishemik kasalliklari laboratoriyasi mudiri

I darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan

Mamanazarov Kurban Mamarajabovich — Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali travmatologiya, ortopediya, xalq tabobati jarrohligi, neyrojarrohlik, anesteziologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi assistenti, Surxondaryo viloyati

Eminov Baxodir Joʻrayevich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Fargʻona filiali bolalar reanimatsiyasi boʻlimi anesteziolog-reanimatologi, Fargʻona viloyati

II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan

Jabbarov Ashir Norqobilovich — Qamashi tumani tibbiyot birlashmasining «Chim» filiali shifoxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati

Qosimova Dinoraxon Siddiqovna — Chortoq tumani tibbiyot birlashmasining bolalar boʻlimi mudiri, Namangan viloyati

Moʻydinova Dilbarxon Usarboyevna — Buloqboshi tumanidagi «Mayariq» oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi, Andijon viloyati

Xujayev Nuriddin Xurramovich — Jomboy tumani tibbiyot birlashmasining bolalar boʻlimi mudiri, Samarqand viloyati

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Aliyev Sherzod Maxmudjanovich — Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kattalar kardioxirurgiyasi boʻlimi mudiri

Axmadaliyeva Xurshida Muxamadaliyevna — Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasining terapiya boʻlimi mudiri, Sirdaryo viloyati

Bobokeldiyeva Xamida Ergashevna — Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining boks-brutsellyoz boʻlimi mudiri

Yernazarov Oralbay — Moʻynoq tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch qabul boʻlimi terapevti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Karimov Murodulla Yuldashevich — Toshkent tibbiyot akademiyasining travmatologiya, ortopediya va harbiy dala jarrohligi kafedrasi mudiri

Molayxanov Rustam Xudayberganovich — Toshkent shahridagi 4-klinik shifoxonasining jarrohlik boʻlimi shifokori

Nurillayeva Marifat Tagʻayevna — Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseri endokrinologi

Roʻziyeva Aziza Komunarovna — Olot tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi kardiologi, Buxoro viloyati

Salomova Raʼno Xayrullayevna -Boʻka tumanidagi 10-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Toshkent viloyati

Tajiyeva Nargiza Oʻrinboyevna — Qoʻshkoʻpir tumani koʻp tarmoqli poliklinikasi patronaj hamshirasi, Xorazm viloyati

Tojiboyev Akmalxon Abduraxmanovich — Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali jarrohlik boʻlimi mudiri, Namangan viloyati

Tojiyev Shomurod Musurmonovich — Yakkabogʻ tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik boʻlimi mudiri, Qashqadaryo viloyati

Toʻxtayev Tojidin Parpiyevich — Oltinkoʻl tumani tibbiyot birlashmasi bosh feldsheri, Andijon viloyati

«Doʻstlik» ordeni bilan

Berdiyev Axmad Niyozmaxmadovich — Sariosiyo tumanidagi «Guliston» oilaviy shifokorlik punktining «Karsh» togʻli hududi patronaj feldsheri, Surxondaryo viloyati

Jumanazarova Asilxon Dovulbayevna — Yangiqoʻrgʻon tumani tibbiyot birlashmasining «Nanay» hududiy boʻlimi bolalar shifokori, Namangan viloyati

Malkova Yelena Mixaylovna — «Oʻzbekiston temir yoʻllari» aksiyadorlik jamiyatining Sogʻliqni saqlash xizmati markaziy poliklinikasi tibbiy punkti terapevti

Orazaliyev Bazarbay Xaitbayevich — Beruniy tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik boʻlimi jarrohi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Raimjanov Abdulaziz Abduxafizovich — Fargʻona shahridagi «ASAF Medical» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Fargʻona viloyati

Tashpanbetova Kaljan Kaldibayevna — Konimex tumanidagi «Sarjal» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Navoiy viloyati

«Sogʻlom turmush» medali bilan

Akbutayeva Dilfuza Abdumannapovna — Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi katta hamshirasi

Karimov Xusan Raimberdiyevich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Sirdaryo viloyati filiali haydovchisi

Mustanov Abdusamat Norsaatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi

Nasriyeva Muhabbat Djoʻrayevna — Buxoro tumanidagi 3-oilaviy poliklinikasi katta hamshirasi, Buxoro viloyati

Raxmatullayeva Maxbuba Latifovna — Yangiyoʻl tumanidagi 72-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Toshkent viloyati

«Shuhrat» medali bilan

Atajanova Zamira Nurullayevna — Ellikqalʼa tumani tibbiyot birlashmasining anesteziologiya va reanimatsiya boʻlimi katta hamshirasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Kuranbayev Rustam Alimovich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Xorazm viloyati filiali Urganch tumani boʻlimi feldsheri

Maxamadaminova Shoira Abduvaliyevna — Yunusobod tumanidagi «Otolaringolog» xususiy klinikasi otolaringologi, Toshkent shahri

Moʻminova Adolat Xolmatovna — Zomin tumanidagi «Muruvvat» nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Jizzax viloyati

Ravshanov Sobir Kenjayevich — Respublika tez tibbiy yordam markazining Samarqand viloyati filiali Narpay tumani boʻlimi haydovchisi

Tojiboyeva Salomatxon Davranboyevna — Izboskan tumanidagi «Muruvvat» nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Andijon viloyati

Ermatov Abdumalik Abduraximovich — Furqat tumani tibbiyot birlashmasining travmatologiya punkti travmatologi, Fargʻona viloyati

Yakubov Raxim Kamilovich — Toshkent davlat stomatologiya institutining bolalar yuz-jagʻ jarrohligi kafedrasi professori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti            Sh.Mirziyoyev

 

GUJUM.UZ  sayti tahririyati ham davlatning yuksak mukofotlariga sazovor boʻlgan tibbiyoyot hodimlarini eʼzoz va eʼtibor bilan muborakbod qiladi.   Saytimiz bilan hamkorlik qilayotgan tibbiyot xodimlarini ham kasb bayrami bilan qutlab, sihat -salomatlik, ishlarida omadlar, oilaviy osoyishtalik va farzandlarining kamolini koʻrib yurishida ezgu tilaklar bildirali.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.