Tibbiyotning birlamchi boʻgʻini va sugʻurta tizimi boʻyicha taqdimot oʻtkazildi

0
45
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 sentyabr kuni sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻinini takomillashtirish hamda tibbiy sugʻurta mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari boʻyicha taqdimot bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Aholi salomatligini mustahkamlash, kasallikni erta aniqlash va davolashda birlamchi boʻgʻin juda muhim. Shuning uchun davlatimiz rahbari bu yoʻnalishdagi islohotlarni xalqimizning, ayniqsa, olis hududlardagi aholining talab va ehtiyojlarini chuqur oʻrgangan holda bosqichma-bosqich amalga oshirish zarurligini taʼkidladi.

Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlardan yana biri – davlat tibbiy sugʻurtasi. Bu borada muayyan ishlar boshlangan va tayyorgarlik koʻrilgan.

Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini shu yil 1 oktyabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025 yil 1 yanvardan Qoraqalpogʻiston Respublikasida joriy etish taklif etilmoqda.

Buning uchun 2024 yil yakuniga qadar “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari joriy qilinadi. Tibbiyot xodimlari ulardan foydalanish boʻyicha oʻqitiladi. Muassasalar zarur texnika va tarmoq qurilmalari bilan jihozlanadi.

Bu tizimning ahamiyati shundaki, tibbiyotda natijaga asoslangan moliyalashtirish usullari tatbiq qilinadi.  Sugʻurta doirasida tibbiy xizmatlarni koʻrsatish va dori vositalarini taqdim etish davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi, aholidan qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.

Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini boshqa hududlarda 2026 yil yakuniga qadar joriy etish rejalashtirilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.