TIL BILISH – doʻstlikning garovi

0
181
marta koʻrilgan.

Ezgu xulq, til bilish doʻstlikni, yomon xulq, maqsadni tushuntira olmaslik dushmanlikni keltiradi, deydi allomalar. Darhaqiqat bolajonlarimiz qancha koʻp xorijiy tillarni oʻzlashtirsa,   hayotda omadi yurishaveradi.

Til oʻrganishga astoydil qiziqayotgan bolajonlarimizga uning kelajakdagi muhim ahamiyatini misollar asosida tushuntirishga harakat qilaman. Negaki, ularning tillarga boʻlgan qiziqishlarini yanada ragʻbatlantirish zarur. Bugungi kunda maktabimizda bir necha xorijiy tillar, jumladan, rus tilidan ham puxta saboq berilmoqda.

Men oʻquvchilarga rus tilini oʻrgataman. Rus tili saboqlarida zamonaviy interaktiv uslublar juda yaxshi samara koʻrsatmoqda. Darslarda asosan, “Klaster”, “Riʼbiy skelet”, “Diagramma Venna”, “Byulleten”, “Romashka” deb nomlangan  oʻyin yoʻllaridan  foydalanaman.

Shuningdek, axborot kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda tilni oʻrgatish bugun yangicha yondoshuvlardan biri hisoblanadi. Ushbu uslub oʻquvchilarni yanada koʻproq axborotlarni olish,  tahlil qilish hamda tafakkur etishga undaydi. Natijada viloyat, shahar miqyosida olimpiadalarda, tanlovlarda oʻquvchilarim faxrli oʻrinlarni olishyapti.

Muqaddas Saydullayeva,   Urganch shahridagi  24-son ixtisoslashtirilgan umumiy  oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.