Tilga eʼtibor – elga eʼtibor

0
139
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida tashqi yozuvlar, lavhalar, eʼlonlar, reklama va koʻzgazmali boshqa axborot matnlarini “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiqlashtirish vazifasi belgilab qoʻyilgan.

Kuni kecha Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Nigora Umarova tumandagi Shota Rustaveli koʻchasida joylashgan xizmat koʻrsatish shaxobchalari va savdo doʻkonlarining reklama, eʼlonlar holatini kuzatdi, oʻrgandi.

 Oʻrganish davomida tadbirkorlik subektlarning maʼsullariga “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun mohiyati tushuntirilib, ularga tashqi reklama yozuvlarini davlat tilida yozilishi kerakli haqida maslahatlar berildi.

Bunday kuzatuv, uchrashuv va  oʻrganishlar oʻz samarasini bermoqda. Oldingi oʻrganishlarda ogohlantirilgan tadbirkorlik subyektlarining reklama eʼlonlari, davlat tilida hamda tarjimasi boshqa tillarda yozib qoʻyilganligining guvohi boʻlmoqdamiz.

Otabek Nasimov, Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati  

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.