“Tinchlik” kichik sanoat zonasida yuqori texnologik mahsulotlar tayyorlanmoqda

0
18
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi chogʻida Yangiyoʻl tumanidagi “Tinchlik” kichik sanoat zonasida boʻlib, qator korxonalar faoliyati bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va aholi bandligini taʼminlashda bu kabi majmualarning ahamiyati katta. Mazkur sanoat zonasi toʻrt yil oldin oʻttiz olti gektar maydonda tashkil etilgan edi. Muhandislik infratuzilmasi, ichki yoʻllar va binolar qurilib, ishlab chiqarish uchun qulay sharoit yaratildi.

Bu yerga qurilish materiallari, yengil sanoat, oziq-ovqat tarmoqlarida oʻn beshta loyiha joylashtirilgan. Shundan oʻntasi ishga tushirilgan. Ularda oʻtgan yili 295 milliard soʻmlik import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Joriy yil yakunlari boʻyicha bu raqamni qariyb ikki baravarga koʻpaytirish maqsad qilingan. Hozircha bu korxonalarda 1 ming 500 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Barcha loyihalar ishga tushsa, bandlik yana ortadi.

Enter Steel” korxonasida metall konstruksiyalar, yuqori bosimga chidamli rezervuarlar, yuk koʻtaruvchi kranlar, burgʻulash uskunalari, payvandlash elektrodlari, metall eshik, elektr qutilar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu loyihaning qiymati 40 million dollar boʻlib, unga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar yoʻnaltirilgan. Bu yerga Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Turkiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya va Niderlandiya kabi davlatlardan uskunalar keltirilgan. Bu esa mahsulotlar sifati va ish unumdorligi yuqori boʻlishiga xizmat qilmoqda.

Korxonada jami 1 ming 500 kishini ish bilan taʼminlash imkoni bor. Zarur mutaxassislarni tayyorlash uchun “Amaliy monomarkaz” tashkil etilgan. Oʻquv xonalari va laboratoriyalar zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. Taʼlim dasturi esa Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Davlatimiz rahbari korxonaning ish jarayonini koʻzdan kechirdi, bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar koʻrgazmasi bilan tanishdi.

Mutasaddilarga korxona mahsulotlari zarur boʻlgan tarmoqlar bilan kooperatsiyani rivojlantirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.