Xumsonda joylashgan Sokol bolalar oromgohi musaffo havosi, tabiatining goʻzalligi bilan ajralib turadi.
Bu yerda oʻquvchilarning miriqib dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ushbu oromgohda toʻrt kishilik yotoqxona, zamonaviy oshxona, choʻmilish hovuzi, sport maydonlari, kino zal dam oluvchilar xizmatida.
Madaniy-maʼrifiy tadbirlar ham bolalarning maʼnaviy yuksalishiga, isteʼdodlarini tarbiyalashga munosib hissa qoʻshmoqda. Oʻquvchilar orasida “Ingliz tilida gapirishamiz” mavzuida hamda sportning barcha turlarida tanlov va bellashuvlar oʻtkazildi. Men ingliz tili tanlovida va badmenton, futbol bellashuvlarida qatnashib bir olam zavq-shavq oldim. Sinfdoshim va doʻstim Tiora Ilya asvaltga rasm chizishda qatnashdi va guruhlarora futbol musobaqasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Oromgohda tanishgan doʻstim Tuychiyev Elbek munchoqlardan taqinchoqlar yasab barchani qoyil qoldirdi. Menga estalik uchun bilakka taqadigan halqani oʻz qoʻli bilan yasab sovgʻa qildi.
Biz Xumsonning manzarali tabiati goʻzalligidan, turfa bellashuvlardan katta tassurotlar olib, yangi doʻstlar orttirib koʻngilli dam olib qaytdik.
Navroʻzbek Davronbek oʻgʻli,
Poytaxtdagi 110- maktabning 6-sinf oʻquvchisi