Koʻksaroyda Tojikiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon shohsupaga koʻtarildi. Oʻzbekiston va Tojikiston davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul davlat rahbarlari oldidan tantanali yurib oʻtdi.
Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolari ham hozir boʻldi.
Davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boʻlib oʻtdi.